Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

2017-yilning aprelida Stokgolmda terakt sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilovga nisbatan sud hukmi bugun, 7-iyun kuni o‘qiladi. Bu haqda Stokgolm sudiga asoslanib, Sputnik xabar berdi.

Foto: Getty

Foto: Getty

Sud eshituvi 13-fevraldan 2-mayga qadar bo‘lib o‘tdi.

Qoralovchi tomon Oqilovga bir umrlik qamoq jazosini tayinlashni, muddat o‘tab bo‘linganidan so‘ng, ayblanuvchini Shvetsiyaga bir umrga kiritmaslik sharti bilan mamlakatdan chiqarib yuborish lozimligini so‘ragan.

Shvetsiyada bir umrga ozodlikdan mahrum qilish jazosi kamida 18 yil bo‘lib, ushbu muddat tugaganidan so‘ng, mahkum suddan jazoni o‘zgartirish yoki qamoq muddatini kamaytirishni so‘rashi mumkin.

“Mazkur holat terakt yoki alohida sodir etilgan jinoyat sifatida baholanishidan qat’iy nazar jinoyatchi umrbod qamoq jazosiga mahkum etiladi”, — deydi ayblanuvchining advokati Yoxan Eriksson.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojyeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar. Urushning 225-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Yaqinda besh million olgan ekansiz, shu sabab murojaatingiz rad qilindi deb yozaman” — Toshkent viloyati hokimi
Madaniyat
Davron G‘oyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi