Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Namangan viloyatining Norin tumanida tug‘ilib-o‘sgan Azizbek Yo‘ldoshev hozirda Janubiy Koreyadagi Sejong universitetining davlat boshqaruvi yo‘nalishida 3-bosqichda tahsil olmoqda. U O‘zA sahifalarida talabalarni chet elda o‘qitishni moddiy ta’minlash yuzasidan fikrlarini bildirdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

— Mamlakatda ko‘pgina sohalarda malakali kadrlar yetishmovchiligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Buning sabablari turlicha: ayrim bilimga chanqoq yoshlarning intilishi va izlanishiga undagi moddiy imkoniyatning yetarli emasligi to‘sqinlik qiladi.

Ma’lumki, rivojlangan davlatlarda oliy ta’limni rivojlantirish uchun talabalarga maxsus grantlar ajratiladi. Bu usul o‘zini to‘la oqlamoqda ham. Demak, bizni ham rivojlangan davlatlar tajribasini amalda qo‘llashimiz vaqti keldi.

Shu bois talabalarni bakalavrdan keyingi ta’limda magistr va fan doktorlik darajasiga ega bo‘lishlari, ilmiy salohiyatlarini oshirishlari uchun chet el universitetlarida o‘qitishning moliyaviy qo‘llab-quvvatlash loyihasini taklif etaman.

Loyihani amalga oshirish uchun eng avvalo, soha va tarmoqlar bo‘yicha kvotalarni belgilab olish zarur. Bunda sohadagi ilmiy va malakaviy kadrlar yetishmovchiligi va ularga bo‘lgan talabni e’tiborga olish kerak.

Sohalar bo‘yicha chet elda magistr va doktorlikka o‘qishni istaydigan talabgor talabalarni tanlab olishda onlayn imtihon tizimini yaratish va bu imtihonda inson aralashuvini bekor qilish kerak. Imtihonlarni esa ikki bosqichda — yoz va qish oylarida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Chunki chet ellarda qabul jarayoni yilda ikki marta — bahor va kuz oylarida amalga oshiriladi. Yozda grant yutgan talaba bahorgi semestr, qishda grant yutgan talaba bahorgi semestrdan boshlab o‘qiy boshlaydi.

Sohalar bo‘yicha chet el oliy o‘quv yurtlarini tanlab olish va ular bilan shartnoma belgilash ham ushbu loyihaning eng muhim talablaridan biri. Agar talabaning xohish-istagiga qarab oliy o‘quv yurtlari belgilansa, har bir universitetning shartnoma to‘lovi turlicha bo‘lganligi sababli bu yerda noxolislik va notenglik holati yuzaga kelishi mumkin.

Talabalarni chet elda o‘qitishni moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun fond tashkil etiladi va ushbu fond mablag‘lari ixtiyoriy ravishda fondga a’zo bo‘lgan oilalar tomonidan qoplanadi. Bunda oilalarni majburiy to‘lov qilishga undamaslik, fond uchun oylik to‘lov summasini oldindan belgilash, fondga a’zo oilalar uchun imtiyozlar berish lozim. Shuni ham unutmaslik kerakki, fondga a’zo oilalar farzandlari uchun “Fond grantlari” ajratilishi va ular o‘qishni tugatib, O‘zbekistonga qaytib kelganida mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish ta’minlanishi zarur.

Fond mablag‘larini qabul qilishda har bir oila uchun maxsus hisob raqam yaratish yoki bank kartalari hisobidan “Fond uchun” belgilangan sanada yechib olinadigan avtomatik to‘lov tizimini yaratish, oila farzandlari uchun fond grantini ajratishda iqtisodiy prognoz asosida grant olish uchun talab etiladigan yilni belgilash ham talab etiladi. Bundan maqsad pul yig‘ish emas, balki talabaning haqiqatdan ham chet elda o‘qishi uchun moddiy asos bo‘lishiga erishish.

Fond grantiga ega bo‘lish uchun talab etiladigan hujjatlar sonini oshirmaslik kerak. Talabaning fuqarolik pasporti, o‘qishga kirganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma va to‘lov shartnoma summasini tasdiqlovchi hujjatlarning o‘zigina yetarli.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun ikki xil grant turini taklif etish mumkin. Bular — kontrakt puli uchun grant va chet elda yashash uchun grant. Chunki to‘liq grant asosida qabul qilingan talabalarga kontrakt pulini to‘lash shart emas, shuning uchun ular chet elda yashash uchun grantga ariza topshirishlari mumkin.

Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, fond mablag‘lari evaziga chet elda magistrlik va doktorlik ilmiy darajasini olgan talaba o‘qishni bitirganidan so‘ng majburiy 5 yil davomida O‘zbekistonda ishlab berishi kerak va bu qonun loyihasiga kiritilishi lozim. Aks holda talabaning grant fondidan u uchun ajratilgan pulni qaytarishi shart ekanligi shartnoma talablarida aks etmog‘i kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi