Samarqand shahridagi “Muliyon” mahallasida yashovchi tadbirkor haftada bir marta mahalladoshlariga 700-800 ta non tarqatib kelmoqda.
“Samarkandskiy vestnik” nashrining yozishicha, uni har juma 30-umumta’lim maktabi yonida ko‘rish mumkin. 23 yoshli Samar tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, sexida non mahsulotlari tayyorlaydi.
“O‘zidan boshqani o‘ylamaydigan va boshqalarga beg‘araz yordam berishni istamaydigan odamlar menga yoqmaydi. Savob ish qilganda insonning o‘zi o‘zgaradi, yanada yaxshi odamga aylanadi. Ezgu ishlarni keyinga qoldirish kerak emas, boshqalarga yordam berganda hayot yanada go‘zallashadi”, — deydi tadbirkor.