AQShda joylashgan 7 ta dunyo mo‘jizasi (fotogalereya)
Forum Daily AQShda joylashgan “olam mo‘jizalari” bilan bo‘lishdi. Bular tabiiy hamda inson qo‘li bilan yaratilgan hayratlanarli obyekt va inshootlardir.
Grand-Kanyon, Arizona
Foto: Forum DailyAmerikaning mashhur tabiat mo‘jizalaridan biri 1979-yilda YuNESKO Jahon merosi obyekti deb tan olingan. Olti million yillik tarixga ega Grand-Kanyon 277 mil (365 km)ga cho‘zilgan.
Niagara sharsharasi, Nyu-York
Foto: Forum DailyYerdagi eng tez oquvchi sharsharada suv 50 metr balandlikdan oqib tushadi. Niagara sharsharasi aslida uchta alohida sharsharadan iborat.
Sekvoya va Qizil daraxtlar, Kaliforniya
Foto: Forum DailyKaliforniya o‘rmonlarida dunyodagi eng baland daraxtlar o‘sadi. Ularning balandligi 115 metrga yetishi mumkin.
O‘lim vodiysi, Nevada
Foto: Forum DailyBu yerda sayyoradagi eng yuqori harorat qayd etilgan — +56,7 daraja. O‘lim Vodiysida bir kecha-kunduz suvsiz yashash o‘limga olib kelishi mumkin.
Cliff Palace, Kolorado
Foto: Forum DailyMesa-Verde milliy bog‘ida joylashgan ulkan majmua ming yillar oldin qurilgan va kamida 150 yil davomida odamlar yashaydigan joy bo‘lgan.
Tavba-tazarru g‘ori, Ayova
Foto: Forum DailyGermaniyalik muhojir Pol Dobbershteyn tomonidan Muqaddas Mariyaga atab qurilgan ziyoratgoh. Inshoot uchun toshlarni u 14 yil davomida yig‘gan, so‘ng 42 yil davomida ziyoratgohni qurib bitirgan.
Xabbard muzligi, Alyaska
Foto: Forum Daily
Bu ulkan muzlik Distribyushn ko‘rfazida joylashgan bo‘lib, eni 10 km, balandligi 122 metrga yetadi. Undan ko‘pincha aysberglar sinib tushadi.
Izoh (0)