4-iyun, dushanba kuni Rossiyaning Volgograd viloyati Kalachevsk tumanida MD-50 VG samolyoti halokatga uchragan, natijada uchuvchi o‘lgan. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi janubiy hududlar boshqarmasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Voqea soat 07:20 da sodir bo‘ldi, hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda, tergovchilar halokat joyiga yetib borishgan, MD-50 VG ayni paytda Kalachevsk tumanida, bir nafar uchuvchi halok bo‘lgan”, — deydi tergov boshqarmasi xodimi.
Avvalroq shoshilinch xizmat xodimi Volgograd viloyatidagi Zarya aholi punkti yaqinida yengil motorli SP-30 samolyoti qishloq xo‘jaligi ishlarini olib borayotgan vaqtda qulab tushganini xabar qilgan edi.
Izoh (0)