Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda MVS Noticias telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Telekanal bergan ma’lumotlarga qaraganda, jabrlanganlar soni hozircha ma’lum emas, lekin yuzlab kishilarning jabr ko‘rgan.
Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi tufayli bir necha shaharlarda xavf-xatarning eng yuqori — qizil darajasi e’lon qilingan.
OAV tabiiy ofat vaqtida 296 kishining jarohat olganini xabar qilgan.
Poytaxtdagi La Aurora aeroportining faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Shoshilinch xizmat xodimlari odamlarni evakuatsiya qilish bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)