Isroil harbiy aviatsiyasi sutka ichida G‘azo sektori shimolidagi HAMAS harakati harbiy obyektlariga ikkinchi marta zarba berdi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi Twitter’da ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Isroil HHK qiruvchi samolyotlari HAMAS terrorchilik tashkiloti harbiy-dengiz kuchlariga tegishli bo‘lgan harbiy obyektdagi beshta nishonga hujum qildi”, — deyiladi xabarda.
Zarba G‘azo sektori hududidan raketa uchirilishiga javoban amalga oshirilganligi ta’kidlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq isroillik harbiylar G‘azo sektoridagi 10 ta HAMAS obyektiga aviazarba berganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)