AQShning Los-Anjeles shtatida uchuvchilikni endigina o‘rganishni boshlagan qiz samolyotni avtomobil yo‘liga qo‘ndira oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Samolyotning yo‘lga qo‘ndirilishi hech qanday yo‘l transport hodisasini keltirib chiqarmagan. Bundan tashqari, uchuvchi elektr simlariga ham shikast yetkazmaslikni uddalagan.
Ma’lum qilinishicha, samolyot aeroportga dvigatel bilan bog‘liq muammo sababli yetib bora olmagan.
Uchuvchi qiz halokat signalini yoqqan va avariya holatida qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan. Qiz yo‘llardagi tirbandlik soatida shossega qo‘ngan, shu bilan birgalikda samolyotga ham, boshqa avtomobillarga ham hech qanday zarar yetkazmagan.
Qizning aviator-hamkasblari yosh uchuvchi elektr simlariga shikast yetkazmay qo‘nishni uddalagani uchun uni ayniqsa maqtagan.
Izoh (0)