Saudiya Arabistoni Doxa Moskvadan S-400 zenit-raketa komplekslarini sotib olgan taqdirda Qatarga qarshi harbiy harakatlar bilan dag‘dag‘a qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ar-Riyod Rossiya va Qatarning muzokaralaridan tashvish bildirdi. Oldinroq Rossiya zenit-raketa komplekslarini xarid qilish rejalari haqida Qatarning Moskvadagi elchisi Fahd al-Attiy ma’lum qilgandi.
Le Monde nashriga ko‘ra, Ar-Riyod rasmiylarining Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga yo‘llagan maktubida Saudiya Arabistoni S-400 Qatarda joylashtirilmasligi uchun barcha zarur choralar, jumladan, harbiy harakatlarga ham tayyor ekanligi bildirilgan.
Izoh (0)