Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2018-yilning 6—8-iyun kunlari O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA), Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi, Eriell Group kompaniyasi, “Zamon press info” nashriyot uyi hamkorligida Sankt-Peterburgda “O‘zbekiston madaniy merosi —  xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l” mavzusida II xalqaro kongress bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga O‘zEOAVMA mutasaddilari ma’lum qildi.

Ermitaj va Qishki saroy. Foto: AP

Ermitaj va Qishki saroy. Foto: AP

Ushbu anjumanga jahonning 30 dan ziyod davlatidan 200 dan ortiq olim, ekspert, diplomatlar, xalqaro tashkilotlar va OAV vakillari taklif etilgan.

Kongress davomida:

Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti, Rossiya etnografiya muzeyi, Etnologiya va antropologiya muzeyi (Kunstkamera), Rossiya milliy kutubxonasi, Rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi) va Din tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarni tashkil qilish;

O‘zbekiston arxeologiyasi, tarixi, kitobat san’ati, numizmatikasi, to‘qimachiligi, xalq amaliy va badiiy san’ati, rassomchiligiga oid ilmiy munozaralar tashkil etish;

“O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” turkumidagi kitob-albomlarning navbatdagi beshta jildi (“Germaniya muzeylarida O‘zbekiston san’ati”, “Din tarixi davlat muzeyi to‘plamlarida O‘zbekiston madaniy merosi” (Sankt-Peterburg), “O‘zbekiston davlat san’at muzeyi to‘plamlarida O‘zbekiston san’ati” (Toshkent); O‘zbekiston gilamchiligi: asrlarda saqlangan an’analar” (O‘zbekiston, Rossiya, Ispaniya, AQSH, Kanada), XV jild“Movarounnahr san’ati Davlat Ermitaji to‘plamida. II qism”) hamda ular asosida suratga olingan 5 ta hujjatli film taqdimotini tashkil etish;

13 jilddan iborat “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomi, Buyuk Britaniyada saqlanayotgan Alisher Navoiy qo‘lyozmalari va “Zafarnoma” asari faksimile nusxalarining taqdimotini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, anjuman ishtirokchilari o‘zbek san’ati ustalari ishtirokidagi konsert dasturini tomosha qilib, milliy taomlardan bahramand bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi