O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 14-maydagi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi har yili Mudofaa vazirligining o‘n nafar eng ilg‘or aviatsiya mutaxassisiga Toshkent shahridan uy-joy ajratish to‘g‘risidagi taqdimnomani ko‘rib chiqadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Hujjatda belgilanganidek, sharafli kasbning fidoyilari bo‘lgan harbiy uchuvchilarga uy-joylar Mudofaa vazirligiga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan beriladi.
“Mazkur imtiyoz O‘zbekiston havo sarhadlari qalqonlarining vatanga sadoqati, jangovar salohiyati va professional tayyorgarligini yanada oshirishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)