28-may kuni Farg‘ona shahrida noma’lum shaxs Bozorboshi ko‘chasida yashovchi I.A. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Farovonlik ko‘chasiga yetib kelganida haydovchi I.A.ning o‘ng qo‘l kaft va bo‘yin qismiga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazib, uni avtomashinadan tushirib yuborib, avtomashinani noma’lum tomonga haydab qochgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa oqibatida haydovchi I.A. kasalxonaga yotqizilgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Sayilgoh ko‘chasida yashovchi 6-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi J.T. sodir etganligi aniqlandi.
J.T. avtomashinani Farg‘ona shahrida haydab ketayotganida ushlangan.
Izoh (0)