Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkentda hokim vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan piyodalar svetoforlarini teskari sanoq taymeriga ega svetoforlarga almashtirish loyihasi boshlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Ilk oltita svetofor 24-may kuni poytaxt markazidagi Zarafshon va Matbuotchilar ko‘chalari kesishmasiga o‘rnatildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Yangi svetoforlar yo‘llarni piyodalar uchun qulayroq va xavfsizroq qilish maqsadida, birinchi navbatda piyodalarning katta oqimi kuzatiladigan joylarga, shuningdek, ko‘chalarning tirband va xavfli qismlariga o‘rnatiladi.

Svetoforlar birinchi navbatda almashtiriladigan joylar ro‘yxati tuzilgan, u to‘ldirib boriladi. Birinchi bosqichda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yorug‘lik diodli svetoforlarni sotib olish rejalashtirilmoqda. Avtomobillar uchun taymerli svetoforlarni o‘rnatish rejalashtirilmayapti.

Yaqin kunlarda quyidagi ko‘chalarda svetoforlar almashtiriladi:

  1. Mustaqillik (Darxondagi piyodalar o‘tish joyi);
  2. Mirzo Ulug‘bek — Musavvirlar;
  3. Parkent (Parkent bozori qarshisidagi ikkita piyodalar o‘tish joyi);
  4. Afrosiyob ko‘chasi (“Moviy gumbazlar” xiyoboni yonidagi piyodalar o‘tish joyi);
  5. Shota Rustaveli — Minglar;
  6. Shota Rustaveli (Askiya bozori va Muqimiy oralig‘iga);
  7. Muqimiy ko‘chasi (173-maktab);
  8. Muqimiy ko‘chasi (“Sport tovarlari” chorrahasi);
  9. Moyqo‘rg‘on — Binkat (AQSh elchixonasi yaqinida).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi