Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bugun, 25-may sanasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Ispaniya milliy chempionati bo‘lmish La Liga o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan La Liganing “Osiyo davlatlari bilan aloqalar” bo‘limi boshlig‘i Xais Rahmoni va “Musobaqalar va turnirlar tashkil qilish” bo‘limi boshlig‘i Raul Oxedalar O‘zbekistonga keldi, deb yozadi O‘FA matbuot xizmati.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov esa La Liga bo‘lim boshliqlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Ahmadjonov o‘zbek futboli rivoji yo‘lida Ispaniya tajribasini o‘rganish asosiy maqsad ekanini aytib o‘tdi. Maqsadni amalga oshirish uchun La Liga tomonidan O‘zbekistonga mutaxassislarni jalb qilish, ular tomonidan seminarlar tashkil qilish, O‘FA xodimlariga ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amaliy maslahatlar zarurligini aytib o‘tdi.

O‘z o‘rnida La Liga bo‘lim boshliqlari o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga, mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini ma’lum qildi, deyiladi xabarda.

Xais Rahmoni va Raul Oxedalar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi vakillari va milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar xodimlari uchun seminar o‘tkazadi.

Ta’kidlanishicha, seminarda milliy chempionat o‘yinlarini tashkil qilishda ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan jihatlar, marketing masalalari, homiylar bilan ishlash, muxlislarni stadionlarga jalb qilish kabi mavzularda fikr almashilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi