Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Cho‘milish mavsumining boshidan Germaniyaning Boltiq dengizi qirg‘oqlarida cho‘kayotganlarni qutqarish uchun dronlardan foydalanish boshlanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Ta’kidlanishicha, dronlarga qutqaruv yostiqchalari mahkamlanadi. Ular suvga tekkanda avtomatik tarzda shishadi. Uchish apparatlari 85 km/soat tezlikda ucha oladi.

Dronlar qutqaruvchilar o‘rnini egallamaydi, balki ularning vazifasini to‘ldiradi. Ular qisqa vaqt ichida yordamga muhtoj kishiga yaqinlashadi va unga qutqaruvchilar yetib kelgunga qadar suvda jon saqlab turishga yordam beradi.

Qutqaruvchi dronlar Drone Helper fransuz kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Birinchi marta bunday apparatlar 2017-yilning avgust oyida taqdim etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi