Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda bahor va kuz oylarida yog‘ingarchilik ko‘p kuzatilishi, shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan ko‘plab taklif va mulohazalardan kelib chiqib, shahar drenaj-lotok tizimi obyektlarining haqiqiy holatini o‘rganish bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi qoshida maxsus ishchi guruh tuzilmoqda. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: UZ24

Foto: UZ24

“Toshkent shahar va tuman hokimliklari rejasiga ko‘ra bunyod etiluvchi barcha obyektlarini kuzatgan bo‘lsangiz kommunikatsiyalari aniq o‘lchamlarda olinadi, binolarda barcha sharoitlar yetarli bo‘lishiga erishilishdan tashqari obodonlashtirish borasida ham zarur tadbirlar qilinadi. Ana shunda yomg‘ir suvlariga mo‘ljallangan quvurlar bo‘lishi va suv to‘planib qolishining oldini olish alohida inobatga olinadi. Boshqa tashkilot va fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorliklarda esa aynan shahar rejasiga ko‘ra qurilgan yuzlab yomg‘ir suviga mo‘ljallangan quvurlar ko‘mib yuborilgani kuzatilgan. ‘Qosh qo‘yaman deb, ko‘zni chiqardi’, degan maqolni aynan shunday holatga nisbatan ishlatsak o‘rinli bo‘ladi. Negaki, ular go‘yoki atrofni obod qilgan, lekin shu bilan shahar infratuzilishiga sezilarli ziyon yetkazgan”, — deyiladi xabarda.

Ishchi guruh tarkibiga tegishli tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, “Suvsoz” korxonasi va tashabbuskor shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinib, yuqorida ko‘rsatilgan holatlarni kelgusida takrorlanmasligi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi va bajarilishi ta’minlanadi. Takliflarni ishlab chiqishda dunyoning yirik megapolis shaharlarida qo‘llanilgan zamonaviy texnologik yechimlar o‘rganiladi va qo‘llanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)