Toshkent shahar hokimligi “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJning 84,02 foiz aksiyasini sotib oldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Maydoni 82 ming kvadrat metr boʻlgan sanoat zonasi “Oniks” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish va yer maydonlari negizida tashkil etilgan. Avvalroq Chilonzor, Uchtepa, Bektemir, Yashnobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida sanoat zonalari tashkil etilgan. Sanoat zonalarining maydonlari 10 yil muddatga imtiyozli shartlar asosida ijaraga beriladi.
Izoh (0)