2012-yildan buyon 2 415 juft oyoq kiyimni o‘g‘irlagan Endryu Muster 4 ming dollar jarimaga tortildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda, deb yozadi AfishaDaily.
Sud 44 yoshli Musterni kleptoman deb topdi va jiddiy jazo muddatini tayinlamadi. Endi Melburnning shimoliy shaharlari aholisi oyoq kiyimi juftini (ba’zan hatto bir necha juftni) olib ketish uchun Epping memorial zaliga kelmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, ba’zi botinkalarda paypoqlar ham qolib ketgan, jinoyatchi ularni chiqarib o‘tirmagan. Bunda jinoyatchining o‘zi deyarli har doim yalangoyoq yurgan, politsiya uni ko‘cha kemaralaridan aynan shu orqali tanigan.
Izoh (0)