Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari tomonidan Tashkent City veb-sayti ishlab chiqildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastur Toshkent shahridagi madaniy yodgorliklar, xususan, mehmonxonalar, restoranlar, istirohat bog‘lari, attraksionlar, masjidlar, metro bekatlari va mashhur xiyobonlar haqida axborot berish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, sayt orqali Toshkent shahrida ro‘y bergan so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Ushbu dasturdan O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi, turistik kompaniyalarda qo‘llanilishi mumkin.
Mualliflar Shoista Qosimova va Abdulloxon Munavvarovlar ushbu dasturlari uchun DGU 05077 raqamli guvohnomaga ega bo‘ldi.