Yagona soliq to‘lovini hisoblash va to‘lash tartibiga qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining Telegram sahifasida xabar berdi.
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori 2017-yil 29-dekabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g’risida”gi Prezident qaroriga asosan belgilangan.
1 gektardan ortiq yer maydon egalari uchun yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori bekor qilindi. Yangi tartibga asosan yer solig’i joriy etildi.
Yuk tashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar shu faoliyat turi bilan shug’ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlardan kam soliq to‘lamasligi belgilandi.
Notijorat tashkilotlar uchun xodimlarining sonidan qat’iy nazar yagona soliq joriy qilindi.
Izoh (0)