Samarqand viloyatining shu nomli tumanida qaynota-kuyov mojarosi xunuk tugadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Trend

U.A. uyidagi o‘zaro janjal asnosida kuyovi X.Q.ning boshi va tanasini turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazdi.

Mazkur hodisa tufayli X.Q. kasalxonaga yotqizildi. U.A qo‘lga olindi.