Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida falsafa va mantiq kafedrasi hamda universitet qoshidagi “Falsafa” ilmiy markazi hamkorligida “Zamonaviy falsafaning dolzarb masalalari: nazariya va amaliyot uyg‘unligi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston milliy universitetining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan konferensiyada olimlar, universitet professor-o‘qituvchilari, soha izlanuvchilari, mustaqil tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda ma’ruzachilar falsafaning zamonaviy masalalari, o‘zbek falsafasi tarixi, mantiq fanining nazariy va amaliy muammolari, Sharq va G‘arb falsafasi, yosh avlod tarbiyasida mantiq va falsafaning o‘rni, ta’lim va ilm-fan integratsiyasi kabi mavzularda o‘zlarining fikrlari, tahlil va mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Konferensiya so‘ngida muhokama etilgan mavzular yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi.
Izoh (0)