AQSh Suriyadagi mojaroni siyosiy tartibga keltirgunga qadar o‘z qo‘shinlarini ushbu arab mamlakatidan olib chiqishni rejalashtirmayapti. Bu haqda 30-aprel, dushanba kuni AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Jismoniy ‘xalifalik’ (IShID), geografik ‘xalifalik’ni yo‘q qilish arafasida turgan bir paytda, diplomatlar tinchlikka erishmagunga qadar ketishni istamaymiz. Dastlab urushda g‘alaba qozonasan, shundan so‘ng tinchlikka erishasan”, — dedi Amerika harbiy boshqarmasi rahbari.
Mettisning so‘zlariga qaraganda, 30-aprel kuni u Vashingtonda Davlat departamenti rahbariyati bilan birgalikda BMT bosh kotibining Suriyadagi maxsus elchisi Staffan de Mistura bilan oldinga harakatlanish yo‘lini muhokama qilish uchun uchrashishi kerak bo‘lgan.
Izoh (0)