Farg‘ona shahar hokimligining obodonlashtirish boshqarmasi bosh hisobchisi Sh.U. egallab turgan mansab vakolatlaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib, budjet mablag‘larini talon-taroj qilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
2014-yil iyul oyidan mazkur lavozimda ishlab kelgan Sh.U. 64 nafar ishga kelmagan xodimga ish haqi hisoblashi natijasida majburiy ajratmalardan tashqari 5924500 so‘m ortiqcha mablag‘ o‘zlashtirilgan. 9 nafar xodimga asossiz 1899300 so‘m moddiy yordam puli berilgan, 65 nafar xodimga 1959100 so‘m mukofot pullari noto‘g‘ri hisoblangan. Bundan tashqari, Farg‘ona shahar elektr tarmoqlari korxonasiga, “Vodiygazta’minot” unitar korxonasi Farg‘ona shahar filialiga, “Suvoqava” davlat unitar korxonasiga xodimlarning ish haqidan ortiqcha mablag‘ o‘tkazib yuborilgan.
Avval ham jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar, Toshloq tuman sudlari tomonidan jinoiy xatti-harakatlari ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda jazo tayinlangan Sh.U.ga bu safar jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudi tomonidan jazo belgilandi.
Izoh (0)