Ispaniyalik jurnalist Paula Vaskes 20-aprel kuni Kabana-de-Bergantinyos munitsipalitetida tasodifiy vaziyatni suratga oldi. Surat bir necha kun ichida virusdek tarqalib ketdi, deb yozadi TJournal.
Vaskes qishloq hududidagi dovul oqibatlari haqida reportaj tayyorlayotgan edi va mahalliy fuqaro Dolores Leys Antelodan suratga tushishni iltimos qildi.
Jurnalist suratni Instagram’ga joylashtirdi, biroq undagi ayol AQSh prezidenti Donald Trampga juda o‘xshash ekanligini xayoliga ham keltirmadi. Suratga ijtimoiy tarmoqning minglab foydalanuvchilari e’tibor qaratdi, Amerikaning Newsweek jurnali esa Doloresdan intervyu oldi.
Dolores bu joylarda 40 yildan ortiq vaqtdan buyon yashashi va bu vaqt ichida unda kompyuter ham, telefon ham bo‘lmaganligini hikoya qiladi.
“Hech qachon smartfon olishni istamaganman, biroq qizlarim ko‘rsatgan narsalarni tomosha qilaman. Bu surat meni mashhur qilganini aytishdi, buning sababini tushunmayapman. U tarqalib ketgan ko‘rinadi. Barchasi sochlarimning rangi tufayli bo‘lsa kerak”, — deydi Dolores.
Izoh (0)