Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda 1-noyabrgacha pasportlarni ID-kartalar bilan almashtirish bo‘yicha sinov loyihasi joriy etiladi, deb yozadi Spot. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Investitsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlari jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Foto: Spot

Foto: Spot

Hujjatga ko‘ra, hozir amalda bo‘lgan pasportlar, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (respublika ichida), haydovchilik guvohnomalari bundan mustasno, o‘rniga identifikatsiya kartalari (ID-kartalar) tizimi joriy qilinadi. Ularga har bir fuqaroning yagona identifikatsiya raqami, uning shaxsiy ma’lumotlari kiritiladi va davlat xizmatlarini olishda shaxsni aniqlash uchun foydalaniladi.

1-iyulgacha loyihani moliyalashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi, 1-avgustgacha esa uning texnik-iqtisodiy asosi tayyorlanadi.

1-noyabrgacha loyiha Toshkentda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sinov rejimida ishga tushiriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtirilishi, barcha qog‘oz hujjatlar esa bekor qilinishi xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank