Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2018-yilning 19-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligining (USAID) O‘zbekistondagi ofisi direktori Geri Robbins bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi UzDaily.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

Adliya vazirligi rahbari mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining o‘tgan davr mobaynidagi yutuqlari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaning oldini olish va byurokratik to‘siqlarni yo‘qotish maqsadida vazirlik huzurida Davlat xizmatlari agentligining tashkil etilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini mukammallashtirishga qaratilgan farmonining qabul qilishini shular jumlasidandir.

O‘z navbatida, Pamela Spratlen mazkur uchrashuvni tashkil etganligi uchun Ruslanbek Davletovga minnatdorlik bildirdi va vazirlik tomonidan sud-huquq islohotlarining zamonaviy bosqichdagi yangi vazifalarini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi