Yaqinda AQShda ikkinchi farzandini dunyoga keltirgan o‘zbek aktrisasi Gulchehra Eshonqulova Instagram’dagi sahifasiga tug‘uruqxonada, shifokorlar davrasida tushgan suratini va yangi tug‘ilgan chaqaloqning ilk videoroligini joyladi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Nashr eslatishicha, aktrisa turmushga chiqqanidan keyin biroz muddat oilasi bilan Turkiyada istiqomat qilgan. Birinchi farzandini aynan Istanbulda dunyoga keltirgandi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda aktrisa uy bekasi bo‘lib, farzandlari tarbiyasi bilan band. Turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapov esa asli kasbi — sartaroshlik bilan shug‘ullanadi.
https://www.instagram.com/p/Bg07dw_l-8m/?taken-by=gulchehra__sharapova
Izoh (0)