Rossiyaning Moskva viloyatida salonida 40 nafar bola o‘tirgan avtobus “VAZ-2109” yengil avtomobili bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avariya oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jabrlandi. Qurbon hamda jarohat olganlardan biri bolalardir.
Voqea joyida politsiya xodimlari ishlamoqda, avariya sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)