11-aprel kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, deb yozadi “Xabar.uz”.
Nashr manbasining xabariga ko‘ra, Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rnida rais o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Sirojiddin Sayyid ish boshladi.
Yozuvchilar uyushmasining birinchi o‘rinbosari lavozimiga shoir Minhojiddin Mirzo tayinlandi.
Shuningdek, yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosar Iqbol Mirzo boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan uning o‘rniga “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nodir Jonuzoq tayinlangan.
Izoh (0)