Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya strategik qurolining dunyoda o‘xshashi yo‘q yangi namunalarini yaratishda “Kurchatovskiy institut” Milliy tadqiqot markazi mutaxassislari ishtirok etganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Prezident qurol namunalari haqida 1-mart kuni Federal majlisga maktubida bayon qilgan.
“Ularni yaratishda o‘nlab tashkilotlar, konstruktorlik byurolari va ilmiy markazlar ishtirok etdi. Ular orasida Kurchatovskiy instituti va akademik tashkilotlar bor”, — dedi Putin.
Davlat rahbari so‘zlariga qaraganda, bunday qurol bugun dunyoning hech bir mamlakatida yo‘q.
Izoh (0)