Xitoyning Shansi provinsiyasi Yunszi shahrida joylashgan alyuminiy zavodida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.
Portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi. Qurbonlar va jabrlanganlar soni ortishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, portlash ro‘y bergan zavod “Yunxan” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Ayni paytda avariya sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)