Janubiy Koreyaning yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri Hyundai Engineering & Construction Co. O‘zbekistonda elektr stansiyasi qurilishi tanlovini yutib oldi. Bu haqda “Spot” xabar bermoqda.
Hyundai E&C 2-aprel, dushanba kuni “O‘zbekenergo” AJdan 450 megavattlik elektr stansiyasi qurilishi loyihasiga tegishli maktub olgan.
Elektr stansiyasi Navoiyda joylashib, 540 million dollarlik loyiha qurilishiga 38 oy vaqt sarflanishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)