AQSh Harbiy-havo kuchlarining Yaponiyadagi qo‘mondonligi 3-aprel kuni mazkur hafta Tokiodagi Iokota harbiy-havo bazasiga beshta Osprey CV-22 transport konvertoplani ko‘chirilishini ma’lum qildi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Bir necha yil ichida Iokota bazasidagi Osprey’lar soni o‘ntaga yetkazilishi ma’lum qilindi. Ular bilan birga konvertoplanlarga xizmat ko‘rsatuvchi 450 kishi ham tashlanishi ko‘zlanmoqda.
Konvertoplanlar o‘z vintlari yo‘nalishini vertikaldan gorizontalga o‘zgartirishi va shunga mos ravishda vertolyot yoki samolyotdek uchishi mumkin. Osprey 24 nafardan 32 nafargacha kishini tashishga qodir.
Izoh (0)