Rossiya pochtasi hamda Federal bojxona xizmati xodimlari Moskvaning “Domodedovo” aeroportida O‘zbekistondan kelgan radioaktiv yo‘llanmani ushlab qoldi. Yo‘llanma ichida barometr bor edi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Aytilishicha, yuklarni tekshirish chog‘ida ushbu yo‘llanmada gamma-nurlanish me’yoridan 10 barobar ortiqligi aniqlangan.
Shundan so‘ng O‘zbekistondan kelgan pochta yo‘llanmasi darhol himoya konteyneriga joylashtirilgan. Tekshiruvlardan so‘ng yuk utilizatsiyaga yuborilgan.
Izoh (0)