Janubiy Koreya va AQSh 1-aprel, yakshanba kuni, Pxyonchxandagi qishki Olimpiada o‘yinlari tufayli kechiktirilgan, keng ko‘lamli qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari Foal Eagle’ni o‘tkazishga kirishdi. Bu haqda Yonxap agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
O‘quv mashg‘ulotlari aprel oyi oxiriga qadar davom etadi. Ularda 11,5 mingga yaqin amerikalik va 290 ming Janubiy koreyalik harbiy xizmatchi, universal desant kemasi Wasp boshchiligidagi AQSh Harbiy-dengiz kuchlari kemalari otryadi, F-35B qisqa parvoz va vertikal qo‘nish qiruvchi samolyotlari jalb etilishi kutilmoqda.
Aprel oyining ikkinchi yarmida Janubiy Koreya va AQSh Key Resolve qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini ham o‘tkazadi. Unda 12,2 mingga yaqin amerikalik va 10 ming Janubiy koreyalik harbiy xizmatchi ishtirok etadi.
Izoh (0)