O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida viloyatning Zafarobod tumanidagi bunyod etilayotgan suv omborining qurilishi bilan tanishdi.
Qayd etishlaricha, ushbu suv ombori foydalanishga topshirilgach, yaqin-atrofdagi 20 ming gektar foydalanilmagan yerga suv yetib boradi, u yerlarda, xususan, qizil lavlagi yetishtirish mumkin bo‘ladi.
Biz bu hududda lavlagi yetishtirish, uni qayta ishlab, shakar chiqaradigan zavod qurishni rejalashtirganmiz. Bu mamlakatimizning shakar mustaqilligini ta’minlash uchun juda zarur. Qayta ishlangan mahsulotni ozuqa sifatida ishlatib, chorvachilikni ham rivojlantiramiz.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)