O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Forish tumanidagi suv omborining qurilish jarayoni bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA va Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
2018-yildan boshlab Forish tumanidagi 20 ming gektar yerni suv bilan ta’minlash imkonini beradigan kanal va suv ombori qurilishiga kirishildi.
Qayd etishlaricha, shu atrofdagi tumanlarda hech narsa ekilmagan kuchli yer ko‘p. Ularga eksportbop va sanoatbop ekinlar ekib, yuqori daromad olish mumkin.
Prezidentga ushbu gidroinshootlarning loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Hozirgacha kanalning 10 kilometrga yaqin qismi qurilib, qirg‘oqlari betonlangan. Qolgan 8 kilometrdan ziyod qismi 2018-yilning birinchi yarmida to‘liq tugallanishi rejalashtirilmoqda.
Buning natijasida 2019-yilning kuzidan boshlab Forish tumanidagi o‘zlashtirilmagan maydonlar suv bilan ta’minlanadi. Suv yetib borgan yerlarda bog‘ va uzumzorlar barpo etiladi.
“Xususan, serdaromad bo‘lgan eksportbop yong‘oqzorlar tashkil etiladi, qizil lavlagi va boshqa ozuqabop ekinlar yetishtiriladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Izoh (0)