• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sizdek jurnalistlarimizni himoya qila olamiz!”. O‘zbekiston prokuratura organlari Karimberdi To‘ramurod atrofidagi vaziyatni nazoratga oldi

    O‘zbekiston prokuratura organlari samarqandlik taniqli jurnalist Karimberdi To‘ramurodga qilingan tahdidlar yuzasidan harakat boshladi. Bu haqda jurnalist Facebook’dagi sahifasida xabar yozib qoldirgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

     

    Karimberdi To‘ramurodning ta’kidlashicha, unga dastlab Toshkentdan — O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan qo‘ng‘iroq bo‘lib, u himoya ostida ekani, o‘ziga nisbatan salgina shubhali harakatni sezsa, unga berilgan telefon raqamiga darhol qo‘ng‘iroq qilishni so‘rashgan. Ko‘p o‘tmay, Samarqand viloyat prokuraturasiga chaqirib, undan bo‘lgan tahdidlar yuzasidan ariza olingan.

    Do‘stlar, xavotirlar ortda qoldi!

    Bugun menga Toshkentdan, O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. “Sizni viloyat prokuraturasiga chaqirishadi, kim qanaqa tahdid qilgan bo‘lsa, hammasini yozib bering, xavotir olmang, siz himoyadasiz va xavfsizligingiz nazoratimizda. O‘zingizga nisbatan salgina shubhali harakatni sezsangiz, mana shu telefonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqing va biz sizdek jurnalistlarni himoya qila olamiz”, deyishdi.

    Juda xursand bo‘ldim. Nihoyat, yengil nafas oldim.

    Sal o‘tib, Samarqand viloyat prokuraturasiga chaqirishdi va ularning taklifiga ko‘ra, o‘zimga kimlar tomonidan qanday tahdidlar bo‘lganini aytib, tegishli chora ko‘rishlarini so‘rab, rasman ariza bilan murojaat qildim.

    Menga huquqni himoya qiluvchi idora tomonidan xayrixohlik bilan qilingan muomala va e’tibordan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi.

    Aziz do‘stlar, men xavfsizligim himoyasini ta’minlaydigan idoralarning xodimlari qatorida murojaatimga befarq bo‘lmagan barcha hamkasblarim, muxlislarim, o‘quvchilarim, o‘z yordamlarini taklif qilgan, hatto qo‘riqlab yurishlarini taklif etgan, hech bo‘lmaganda dalda bo‘luvchi so‘zlari bilan qo‘llab-quvvatlagan barcha yaxshi niyatli insonlarga o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Chet ellarda turib, menga yaxshilikni sog‘ingan yurtdoshlarimga, hatto boshqa millat vakillari bo‘lsalar-da, "Biz siz bilan birgamiz", degan insonlarga tashakkurlar aytaman! Hammangizdan Alloh rozi bo‘lsin!

    Sizlar bilan birgalikda shu yurtni, shu elni deb, Haq yo‘lida, adolat tantanasi yo‘lida yanada kuch-g‘ayrat bilan ishlaymiz, O‘zbekiston taraqqiyoti, tarixi sahifalarida yangi sahifa ochayotgan, xalqimiz necha yillar orzu qilgan hur, obod va ma’mur, adolatli davlatni tiklash yo‘lida shijoat bilan tinmay ishlayotgan, eng muhimi, xalqning, shu jumladan, biz, jurnalistlarning ham ishonchini uyg‘ota olgan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga kamarbasta bo‘lib, imkonimiz yetganicha el dardiga darmon bo‘lib, mehnat qilamiz!

    Hurmat va ehtirom bilan, Karimberdi To‘ramurod

    Facebook foydalanuvchilari mazkur xabarni xursandchilik bilan qarshi olgan. Karimberdi To‘ramurodning o‘zi ham prokuraturadan bo‘lgan qo‘ng‘iroqlardan so‘ng, “yelkasidan tog‘ ag‘darilgani”ni tan olgan.
    Yelkamdan tog‘ ag‘darilganday his qilayapman o‘zimni!.. Men sal qo‘rqdim va... umrim qisqardi. Mashina haydamay qo‘ydim. Moskvadagi o‘g‘limni yonimga chaqirdim. Ammo ertaga mashinamda chiqaman, inshaalloh!

    Karimberdi To‘ramurod

    Jurnalist Karimberdi To‘ramurod unga “turli tahdidlar, g‘arazli, haqoratli qo‘ng‘iroqlar, turli idoralar tomonidan bosimlar, qo‘rqitib qo‘yishlar, cho‘chitib qo‘yishga intilishlar ko‘payib ketgani” haqida 26-mart kuni Facebook’dagi sahifasida yozgan edi. Tahdidlarga Karimberdi To‘ramurod kattaqo‘rg‘onlik 23 yoshli o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limi voqeasini faol yoritgani sabab bo‘lgan.

    Mavzuga doir: “Mashinasi portlab ketibdi, o‘z joniga qasd qilibdi deyishsa, ishonmanglar”. Kattaqo‘rg‘onda halok bo‘lgan o‘qituvchi fojiasini yoritgan taniqli jurnalistga tahdid qilinmoqda

    Muallima O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi arafasida ko‘cha tozalash ishlariga jalb etilgan, u yo‘l o‘rtasidagi to‘siqlarni oqlayotganida uni “KAMAZ” yuk mashinasi urib ketgan edi. Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov mazkur hodisa yuzasidan o‘rganishlar olib borilib, tegishli choralar ko‘rilishini aytib o‘tgan edi.

    Mavzuga doir: Samarqandda Mirziyoyevning tashrifi arafasida to‘siq oqlayotgan o‘qituvchi halok bo‘ldi. Prezident matbuot kotibi hodisa yuzasidan chora ko‘rilishini aytdi

    28.03.2018, 18:17   Izoh (0)   47130
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorijiy davlatlarda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

    28.03.2018, 18:09

    Hindiston tashqi ishlar vaziri Islom Karimov muzeyiga tashrif buyurdi (foto)

    28.03.2018, 17:58

    Samarqandliklar Tojikistonda qanday kutib olindi? (foto)

    28.03.2018, 17:47

    Toshkentda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi o‘tkazildi (foto)

    28.03.2018, 17:36

    29-mart kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

    28.03.2018, 17:25

    Nasdaq: Rothschild & Co O‘zbekistonda ish boshlamoqchi

    28.03.2018, 16:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:10

    Marsning Yerdagi eng katta “bo‘lagi” auksionda 4 million dollarga sotiladi

    Dunyo | 3 iyul, 14:01

    Marko Asensio faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 3 iyul, 13:55

    Tramp Vyetnam bilan savdo bitimi tuzilganini eʼlon qildi

    Dunyo | 3 iyul, 13:45

    Armaniston sobiq prezidenti korrupsiyada ayblandi

    Dunyo | 3 iyul, 13:35

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Iskandar Hamroqulov 1,5 yosh farzandi OITSdan vafot etgani haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 3 iyul, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.