Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vitas taxallusi bilan ijod qiluvchi rossiyalik xonanda Vitaliy Grachev uyi oldida qarg‘alarga qarata o‘q uzib, qo‘shnilarini qo‘rqitib yuborgani uchun yetti sutkaga qamaldi, deb xabar beradi “MK.ru”.

Foto: “MK.ru”

Foto: “MK.ru”

Xonanda dastlab politsiya tomonidan bezoriligi uchun 500 rublga jarimaga tortildi. Biroq prokuratura jazoni qat’iylashtirish maqsadida mazkur qarorni bekor qildi. Rossiya qonunchiligi bo‘yicha bezorilik jinoyati uchun 15 sutka ma’muriy qamoqqa olish ko‘zda tutilgan.

22-mart kuni Vitas spirtli ichimlik ta’sirida ko‘chada otishma sodir etgani ma’lum bo‘lgan edi. Qo‘shnilari politsiya chaqirganidan so‘ng xonanda olib ketilgan edi.

Qayd etilishicha, o‘shanda xonanda politsiyachilarga qarshilik ko‘rsatgan, uy eshigini ichkaridan qulflab olgan va uni ochishdan bosh tortgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)