Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 27-mart seshanba kuni Pro-Liga va O‘zbekiston Kubogiga qayta qur’a marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Championat.asia”.

Foto: PFL

Foto: PFL

Xabarda qayd etilishicha, qur’adan oldin klublarning qarzlari haqida ma’lumot berilgan. “Xorazm” klubi 7,5 million jarima va 10 million badal puli to‘lamagan. “Zomin” jamoasi ham 14,5 million jarima va 1,1 million badal pulini to‘lamagan. “Xotira-79” esa 3,2 million jarima va 800 ming so‘m badal pulini to‘lamagan. Bu o‘tgan yilgi qarzdorliklar deb ta’kidlanadi.

Bu yilgi badal pullari borasida gap ketsa, faqat “Andijon” klubi to‘liq, hattoki 10 million so‘m ortig‘i bilan o‘tkazib bergan. Qolgan hech bir klub badal pulini to‘liq to‘lamagan (gap Pro-Ligada ishtirok etadigan klublar haqida ketmoqda).

Qur’a tashlash marosimi vaqtida “Sho‘rtan” va “Bunyodkor” klublariga FIFAdan xat kelgani ma’lum qilindi.

2018-yilgi Pro-Liga ikki mintaqaga bo‘lingan holda o‘tkaziladi.

Pro A. 1-tur (6-aprel)

  • “Sho‘rtan” (Qashqadaryo) — “Xorazm” (Xorazm)
  • “Orol” (Qoraqalpog‘iston) — “Istiqlol” (Farg‘ona)
  • “Andijon” (Andijon) — “Mash’al” (Qashqadaryo)
  • “Norin” (Namangan) — “Dinamo” (Samarqand)
“Surxon” (Surxondaryo) dam oladi

Pro B. 1-tur (6-aprel)

  • “Nurafshon” (Toshkent viloyati) — “Iftixor” (Yoshlar ittifoqi jamoasi)
  • “Yozyovon” (Farg‘ona) — “Xotira-79” (Namangan)
  • “Zomin” (Jizzax) — “Labsa” (Buxoro)
  • “G‘ijduvon” (Buxoro) — “Lokomotiv-BFK” (Toshkent)
“Sherdor” (Samarqand) dam oladi

O‘zbekiston Kubogi-2018

1/32 final (2-aprel)

  • “Nurafshon” (Toshkent viloyati) — “Iftixor” (Yoshlar ittifoqi jamoasi)
  • “Sherdor” (Samarqand) — “Labsa” (Buxoro)
1/16 final (15—16-aprel)
  • “Mash’al” — “Istiqlol”
  • “Lokomotiv-BFK” — “Surxon”
  • “Orol” — “G‘ijduvon”
  • “Xotira-79” — “Dinamo”
  • “Nurafshon” va “Iftixor” g‘olibi — “Yozyovon”
  • “Sho‘rtan” — “Neftchi”
  • “So‘g‘diyona” — “Metallurg”
  • “Zomin” — “Qo‘qon-1912”
  • “Andijon” — “Navbahor”
  • “Qizilqum” — “Buxoro”
  • “Sherdor” va “Labsa” g‘olibi — “Xorazm”
  • AGMK — “Norin”
1/8 finalga ushbu bosqich bo‘lib o‘tganidan so‘ng qur’a tashlanadi. Unda “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” klublari qo‘shiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi