Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 24-mart kuni katta talafotlarga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Shu kuni soat 16:30 atrofida J.Usmonov Damas avtomobilida “Sherobod—Jarqo‘rg‘on” yo‘lining   7-kilometrida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan A.Ziyodullayev boshqaruvidagi “KamAZ” yuk mashinasiga urilib, to‘qnashuv sodir etdi.

YTH oqibatida Damas yo‘lovchilari 1959-yilda tug‘ilgan M.Abdullayev va 2016-yilda tug‘ilgan L.Abduzoirov voqea joyida halok bo‘ldi.

Haydovchi J.Usmonov va yana 8 nafar yo‘lovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Trikotaj kiyimlarga zarar yetkazmasdan qanday yuvish mumkin?
Mahalliy
Navoiyda 454 nafar fuqaroning bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Dunyo
Politico nashri Zelenskiyni eng nufuzli yevropalik, Putinni esa yilning eng omadsiz odami deb e’lon qildi