Turmushidan ajrab, ikki nafar o‘g‘il farzandini bir o‘zi voyaga yetkazayotgan Gulnora To‘rayeva uyida fohishaxona ochib, oson pul topish yo‘lini tanlaydi. Shu bois to‘ng‘ich o‘g‘li Og‘abek bilan oralarida tez-tez kelishmovchiliklar yuzaga keladi, deya xabar beradi UzNews.
Shunday kelishmovchiliklarning birida Og‘abek onasining boshiga muzlatgich ostida turgan g‘isht bilan yetti marotaba uradi. Bu ham yetmaganday, volidasini ro‘mol bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi.
Og‘abek qilgan jinoyatini yashirish maqsadida yana bir qotillikka qo‘l uradi. Voqea shohidi bo‘lgan ukasi 5 yashar Azizbekni ham bo‘g‘ib o‘ldirib, jomadonga joylaydi va yerto‘laga yashirib qo‘yadi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida voqea qayerda sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
https://youtu.be/1DGHj8aw9Rw
Izoh (0)