Germaniyaning Shtutgart shahri aeroportida Portugaliya aviakompaniyasi samolyotining ikkinchi uchuvchisi kabinada mast holda qo‘lga olindi. U shu ahvolda samolyotni havoga ko‘tarmoqchi edi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
40 yoshli erkak mast bo‘lishiga qaramay, uchuvchi kabinasiga kirib, u yerda o‘z o‘rnini egallagan. Salonda 106 yo‘lovchi bor edi.
Uchuvchi hibsda tutib turilibdi.
Shuningdek, u litsenziyadan mahrum qilindi.
Izoh (0)