The Telegraph nashri jahonning 133 shahrida yashash qimmat-arzonligiga qarab reyting tuzib chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Reytingda birinchi o‘rinni Singapur egalladi. Ushbu shahar besh yildan buyon mazkur reytingda birinchilikni bermay keladi.
Ikkinchi o‘ringa Parij ko‘tarildi. Uchlikka Syurix yakun yasadi.
Eng arzon shahar deb Suriya poytaxti Damashq tan olindi. O‘tgan yilning eng arzon shahri — Olmaota — bu safar uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Izoh (0)