Bugun, 21-mart kuni britaniyalik taniqli aktyor Geri Oldman 60 yoshga to‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” yozmoqda.
O‘z faoliyati davomida aktyor ko‘plab filmlarda ishtirok etdi. Ular orasida eng mashhurlari — “Leon”, “Beshinchi unsur”, “Betmen: Ibtido” hamda Garri Potter haqidagi filmlardir.
2018-yili “Qorong‘u yillar” filmida Uinston Cherchill obrazini jonlantirgan aktyor ijrosi uchun Amerika kinoakademiyasi tomonidan yilning eng yaxshi erkak roli ijrochisi deb topildi va “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)