Isroil o‘n yarim yil avval mamlakat aviatsiyasi Suriyadagi yadro reaktorini bombardimon qilganligi haqidagi ma’lumotni fosh qildi. Bu haqda armiya press-relizida so‘z yuritiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Armiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, operatsiya 2007-yilning 5-sentabridan 6-ga o‘tar kechasi amalga oshirilgan. Obyekt Damashqdan 280 mil shimoli-sharqda Dayr-az-Zor viloyatida joylashganligi ta’kidlanmoqda. Uning qurilishi yakuniga yetay deb qolgan edi.
“To‘rtta F-16 samolyoti nafaqat Isroil, balki butun mintaqaga atom tahdidini bartaraf etdi”, – deya ta’kidlaydi harbiylar.
Armiya, shuningdek, nega operatsiya haqidagi ma’lumot oshkor etilmaganligiga aniqlik kiritdi – Isroil Damashq tomonidan javob harakatlariga tayyorgarlik ko‘rgan.
“Bir necha yil o‘tib Dayr-Az-Zor viloyati IShID tomonidan egallab olindi. Yadro obyekti ularning qo‘liga tushganda, ular qanday zarar keltirishi mumkinligini faqat taxmin qilish mumkin”, – deya qo‘shimcha qiladi isroillik harbiylar.
Izoh (0)