Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Portugaliyaning Obidush shahrida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada dunyodagi eng qimmat shokolad namoyish etildi, deb xabar berdi Reuters.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Cheklangan miqdorda — ming donadan iborat mazkur shokolad portugaliyalik qandolatchi Daniel Gomes tomonidan tayyorlangan. Unga shafran tolalari, oq tryufel bo‘laklari, Madagaskar vanili va  iste’mol qilsa bo‘ladigan 23 karatli oltin qo‘shilgan. Uning qiymati 7728 yevroni tashkil etadi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Gomesning ta’kidlashicha, uning shokoladi Ginnesning rekordlar kitobida “dunyodagi eng qimmat shokolad” nomi ostida qayd etilgan. Obidushdagi ko‘rgazmada shokoladlarni ikki nafar politsiyachi qo‘riqlab turgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi