Fotosuratchi Tom Kennon sayyohlar o‘tirgan katerning juda yaqinigacha suzib kelgan ulkan kit akulani kadrga muhrladi. Akula shunchalik katta ediki, katerni ustidagi yo‘lovchilari bilan birga bemalol yutib yubora olardi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Fotosuratchi qayd etishicha, akula juda qiziquvchan bo‘lgan va 50 daqiqa davomida katerga hamrohlik qilgan. Bunday hayvonlarning odamlarga yaqin kelishi juda noyob hodisa hisoblanadi. Odatda ular katta chuqurliklarda bekinib yotadi.
Suratlar qirg‘oqdan taxminan olti metr masofada tushirilgan.
Izoh (0)