O‘zbekiston shaxmat federatsiyasida hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozdi “Olamsport”. Unda tashkilotning barcha bo‘limlaridan mutaxassislar, faxriy shaxmatchilar va faol shaxmatchilar ishtirok etgan.
Konferensiyada shaxmat federatsiyasi raisiga ikki o‘rinbosar saylangan: Alisher Maqsudov hamda Murat Salihov. Ijro qo‘mitasiga esa Sayfullo Ahmedov kiritilgan. Ular aslida kim bo‘lib ishlab kelgani haqida ma’lumot berilmagan.
Delegatlar kun tartibiga internet sahifalari orqali tarqalayotgan noto‘g‘ri ma’lumotlar muhokamasini ham qo‘ygan bo‘lib, bunga aybdor sifatida Irina Qayumova ko‘rsatib o‘tilgan. Muhokama oqibatida Qayumova federatsiya a’zoligidan o‘chirilgan.
Izoh (0)